Navoiy viloyati Ichki ishlar organlarida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi
2024-08-30 09:00:00 / Yangiliklar
Mutaxassis xodimlarni ragʻbatlantirish, ularni malakasini oshirish, oʻz ustida ishlashiga imkoniyat yaratish maqsadida oʻtkazilayotgan koʻrik tanlovlar qatorida Navoiy viloyati IIBning barcha shahar-tuman IIB rahbarlari ishtirokida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʻi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Unda ishtirokchilar jismoniy va jangovar tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi. Shuningdek, mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratilgan psixologik test olinib, savol-javob qilindi.
Xizmatga oid meʼyoriy hujjatlarning yuritilishi boʻyicha yakka tartibdagi suhbatlar asosida oʻz tajriba va koʻnikmalarini namoyish etgan ichki ishlar boʻlimlari rahbarlari belgilangan talablarga binoan baholandi.
3-oʻrinni Karmana tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Akmal Abduraimov, 2-oʻrinni Xatirchi tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Obidjon Ruzimurodov egallagan boʻlsa, 1-oʻrin Navbahor tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Uygʻun Shukurovga nasib etdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati