Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Metropolitenda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan uchrashdi
2024-08-28 14:00:00 / Yangiliklar
Vazir oʻrinbosari general mayor Baxodir Yuldashevich Mirzaraximov tomonidan transport obyektlarida baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, xususan metro ishchilari va yoʻlovchi fuqarolar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va ularning profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni taʼminlash hamda xodimlar oʻrtasida ijro intizomi, qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlari, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha masʼul xodimlarga koʻrsatmalar berildi.
Soʻng, vazir oʻrinbosari general mayor B.Mirzaraximov tomonidan yaqinlashib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati shaxsiy tarkibni tabriklab, transport obyektlarida baxtsiz hodisalar, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jangovar tayyorgarligini oshirish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish, qonun ustuvorligi va tinchlikni taʼminlash, xodimlar oʻrtasida psixologik va ruhiy holatlarini sogʻlomlashtirish, sodir etilgan qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari, bunga imkon bergan shart-sharoitlarni batafsil oʻrganish va ularning oldini olish yuzasidan vazifalar belgilandi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi