Mustaqilligimizning 33-yillik tantanasi oldidan Toshkent viloyatida ichki ishlar organlarining aholiga xizmat koʻrsatuvchi maʼmuriy binolari zamonaviy tipda qayta taʼmirlanib foydalanishga topshirilmoqda
2024-08-28 10:00:00 / Yangiliklar
Xususan, Yuqori Chirchiq tumani ichki ishlar boʻlimi zamonaviy tipda qayta qurilib, taʼmirlanib foydalanish ucun qabul qilindi.
Binoning ochilish marosimida viloyat IIBB rahbariyati, shaxsiy tarkib va mahalla faollari ishtirok etdilar.
Marosimda qatnashchilar barcha sohalar qatori ichki ishlar tizimida ham olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritib, ushbu yangi bino bilan yigʻilganlarni qutladi.
Xodimlarga bu kabi yaratilayotgan shart-sharoitlarga munosib xizmat qilish zarurligini va eng asosiysi xalqni rozi qilish ustuvor vazifa ekani taʼkidlandi.
Shundan soʻng binoning ramziy kaliti ichki ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Abdulaziz Mullajonovga tantanali topshirildi va tasmalar kesildi.
Shundan soʻng binoning ramziy kaliti ichki ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Abdulaziz Mullajonovga tantanali topshirildi va tasmalar kesildi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati