IIV oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Samarqand viloyatida boʻlib, hududda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi
2024-08-26 16:00:00 / Yangiliklar

Xususan, vazir oʻrinbosari viloyat IIB JXXda tashkil etilgan Monitoring va muvofiqlashtirish markazi faoliyatini oʻrgandi. Markazda yaratilgan shart-sharoitlar, jamoat xavfsizligi tuzilmalari foydalanuvida mavjud axborot tizimlari integratsiyasi boʻyicha olib borilgan ishlarni koʻzdan kechirib, xodimlarning sohani raqamlashtirishga oid axborotlarini tingladi.
General-mayor B.T.Abdullayev Samarqand viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni binosi va undagi texnikalar bilan ham tanishib, jarayonda masʼullarga aniq koʻrsatma va topshiriqlar berdi.
IV JXD Axborot xizmati