Asosiy kontentga o'tish

Muzrabot tumani 2-sektor hududida Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan aholi murojaatlarini oʻrganish hamda ijobiy echim topish maqsadida “Sayyor qabul” oʻtkazildi

2024-08-19 09:20:00 / Yangiliklar

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan olib borilayotgan islohotlar natijasida, aholi muammolarini oʻrganish va ularga ijobiy yechim topish, fuqarolarni bugungi kunidan rozi qilish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etib kelinmoqda.

Ana shunday qabullarning navbatdagisi Muzrabot tumanining 2-sektor hududiga qarashli Fidokor mahallasi hududida aholining yashash hamda turmush sharoitlarini oʻrganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Surxondaryo viloyati IIB boshligʻining “Sayyor qabuli” tashkil etildi.

Ushbu sayyor qabulda tuman sektor rahbarlari, masʼul korxona va tashkilot xodimlari fuqarolarning, ichki yoʻllar taʼmiri, koʻchalarga yoritish moslamalarini oʻrnatish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, elektr energiyasi va gaz taʼminoti, moddiy yordam olish, sogʻligini yaxshilash, probatsiya nazorati hisobidan chiqarish va boshqa bir qator masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning asosiy qismi shu yerning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, baʼzi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ijrosini oʻrganish uchun qoʻshimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa masʼullarga yoʻnaltirilib, boshqarma boshligʻi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

303

Oxirgi yangilanish: 2024-08-20 08:42:05

Muzrabot tumani 2-sektor hududida Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi tomonidan aholi murojaatlarini oʻrganish hamda ijobiy echim topish maqsadida “Sayyor qabul” oʻtkazildi