Andijon viloyatida IIVning Xavfsiz shahar markazi tomonidan 2024-yil davomida manzilli yillik dasturga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
2024-08-12 09:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq, bugungi kunda Andijon viloyati hokimligi, Andijon viloyati IIB va “Xavfsiz shahar” markazi bilan hamkorligida Xonabod shahri, Qoʻrgʻontepa, Jalaquduq, Xoʻjaobod tumanlarida intellektual videokuzatuv tizimlarini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, kriminogen jihatidan ogʻir hududlarda jinoyatchilikning oldini olish va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha 229 ta obyektlarga jami 1 124 ta, shahar va tumanlarga kirish-chiqish 97 ta obyektga transport vositasining roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini aniqlovchi 184 ta, yoʻl harakati qoidabuzarliklarini foto-video qayd etuvchi avtomatlashtirilgan tizimi uchun 18 ta obyektga 18 ta intellektual videokuzatuv kameralari oʻrnatilmoqda.
Hozirda server qurilmalari uchun tashqi elektr va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlari tashkil etilib, asosiy maʼlumotlarni qayta ishlovchi intellektual server qurilmalarida “Xavfsiz shahar” tizimining yagona apparat-dasturiy platformasi test rejimida ishga tushirildi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi Axborot xizmati