Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik Ayubxon Rahmatullayev tomonidan Boʻston va Shahrixon tumanlarida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan muhokama yigʻilishlari oʻtkazildi
2024-08-09 10:50:00 / Yangiliklar
8-avgust kuni Boʻston hamda Shahrixon tumanlarida sektor rahbarlari, tashkilot-muassasalarning masʼullari hamda ichki ishlar boʻlimlarining xodimlari ishtirokida jinoyatchilik ahvoli va uni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlillar asosida atroflicha muhokama qilindi.
Oʻtkazilgan tadbirlar avvalida, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Boʻston tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan mayor Artiqov Samandar hamda Shahrixon tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Arslanov Bahodirjonlar yigʻilganlar eʼtiboriga tanishtirildi.
Shuningdek, yangi tayinlangan rahbarlarga bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan qoʻyilayotgan vazifalarni vijdonan bajarishlari, sektor rahbarlari bilan bir yoqadan bosh chiqarib ish tashkil qilishlari lozimligi boʻyicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning oʻttiz uch yilligi bayrami hamda rejalashtirilayotgan muhim siyosiy tadbir jarayonida kriminogen vaziyatning barqarorligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash masalalari ham atroflicha muhokama qilinib, kelgusida xizmat faoliyatini takomillashtirishga oid maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati