AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Djonatan Xenikning Ichki ishlar vazirligiga tashrifi amalga oshirildi
2024-08-07 16:30:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 7-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Djonatan Xenik bilan Ichki ishlar vazirligi masʼullari oʻrtasida ehtirom uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston ichki ishlar organlari va AQSH huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik aloqalarining huquqiy asoslarini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash, oʻzaro tajriba almashish hamda kadrlar malakasini oshirish kabi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi.
Doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida ikki mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.
IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi