Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov Andijon shahrida joylagan IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7553-sonli harbiy qismiga tashrif buyurdi
2024-08-06 17:15:00 / Yangiliklar
Dastavval IIV Vaziri oʻrinbosari yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda eng avvalo jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, tinchlikdek bebaho neʼmatni chuqur anglagan holda unga barchamiz masʼul ekanimizni unutmasdan, doimo sergak va ogoh boʻlib xizmat qilish kerakligi haqida taʼkidlab oʻtdilar.
Oʻrganishlar davomida, harbiy xizmatchilar bilan yaqindan suhbat qurib, shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holati hamda ijtimoiy-huquqiy taʼminoti koʻzdan kechirildi.
Barcha toifadagi komandirlar tarkibiga harbiy qismga yuklatilgan vazifalar, kundalik xizmat faoliyatlari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar yuzasidan tushunchalar berib, harbiy qism hududini, ichki tartibni, shuningdek, harbiy qismdagi autsorsing xizmati faoliyatini va sutkalik naryad xizmat oʻtash joylarini koʻzdan kechirib, xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida serjant va ofitserlarning masʼuliyatini oshirish kerakligini taʼkidlab, boʻlinmalarda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart sharoitlar va navbatchilarning xizmat olib borishi boʻyicha koʻrsatmalar berib oʻtildi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot xizmati