IIV rahbariyati tomonidan TvaTOXTDda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya etish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
2026-06-08 18:15:00 / Yangiliklar

Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida xizmat intizomi, qonunchilikka qatʼiy rioya etish hamda shaxsiy tarkib oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Baxodir Yuldoshevich Mirzaraximov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik H.G.Azizov hamda IIV MMIvaKBTD boshligʻi oʻrinbosari polkovnik T.S.Jumanov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyatida qonun ustuvorligiga amal qilish, xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilishga yoʻl qoʻymaslik hamda fuqarolar bilan muomala madaniyatini yanada yuksaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Soʻzga chiqqan rahbarlar tomonidan har bir xodim oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi, ichki ishlar organlari xodimi degan yuksak nomga munosib boʻlishi, aholi ishonchini mustahkamlash yoʻlida halol va fidokorona mehnat qilishi zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, shaxsiy xavfsizlikni taʼminlash, xizmat faoliyatida uchrashi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning oldini olish, xizmat intizomiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etish hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida xodimlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda xizmat intizomi va qonunchilik talablariga soʻzsiz rioya qilish har bir xodimning asosiy burchi ekani yana bir bor taʼkidlandi.
Uchrashuv ochiq muloqot va konstruktiv ruhda oʻtib, shaxsiy tarkibning masʼuliyatini yanada oshirish, xizmat samaradorligini yuksaltirish hamda qonuniylikni taʼminlash borasida muhim ahamiyat kasb etdi.
Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash Departamenti Axborot guruhi



