Asosiy kontentga o'tish

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari boshchiligida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti hamda uning quyi tizimlari tomonidan joriy yilning birinchi yarmidagi faoliyat tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

2024-07-31 09:10:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor Б.Ю.Мирзарахимов huzurida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti hamda uning quyi tizimlari tomonidan oʻtgan 2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilish videokonferensiya koʻrinishida oʻtkazilib, viloyat studiyasidan boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, boʻlinma boshliqlari hamda viloyat xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmalari rahbar va masʼul xodimlari ishtirok etishdilar.

Dastlab, vaziri oʻrinbosari tomonidan soha xizmatlarida amalga oshirilgan ijobiy ishlar, shu bilan birga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va joriy yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida batafsil axborot berildi.

Boshqarma boshliqlarning axboroti boʻyicha kamchilikka yoʻl qoʻyilgan soha xizmat yoʻnalishlarini keskin tanqid qilib, bunga sababchi boʻlgan xodimlarning oʻtgan davr mobaynidagi faoliyatlari atroflicha muhokama qilindi va tegishli intizomiy taʼsir choralari koʻrish, shuningdek, ijobiy ish koʻrsatkichlariga erishgan xodimlarni esa munosib ragʻbatlantirish haqida aniq topshiriqlar berdi.

Shu bilan bir qatorda, boshqarma, boʻlim va boʻlinma rahbarlari qoʻl ostidagi xodimlarning oilaviy sharoiti, ularning muammolaridan doimiy xabardor boʻlish hamda ijtimoiy-kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir etuvchi omillar chuqur tahlillar asosida oʻrganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilash, shaxsiy tarkib oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish, oʻtkazilayotgan tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kunlik nazoratni kuchaytirish, xodimlarning muomala madaniyatini yuksaltirish, odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etish, xizmatga fidoiylik va sadoqat bilan yondashish, ijrochilik, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilinishini taʼminlash, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yoʻriqnomalar berildi.

Yakunda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga oid chora-tadbirlar belgilanib, masʼullarga topshiriq va vazifalar yuklandi.

Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot xizmati

254

Oxirgi yangilanish: 2024-07-31 09:12:53

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari boshchiligida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti hamda uning quyi tizimlari tomonidan joriy yilning birinchi yarmidagi faoliyat tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi