Sirdaryoda aralash jang sanʼati boʻyicha viloyat chempionati yakunlandi
2026-06-08 11:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 6-iyun kuni Guliston shahridagi amfiteatrning yozgi maydonida aralash jang sanʼati boʻyicha havaskorlar oʻrtasida “Jang kechasi” tashkil etildi.
Musobaqada viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar 10 ta vazn toifasida gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashdi. Bellashuvlarda sportchilarning jismoniy tayyorgarligi, mahorati va gʻalabaga boʻlgan intilishi yaqqol namoyon boʻldi.
Chempionatning ochilish va taqdirlash marosimlarida viloyat hokimi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.
Murosasiz va qizgʻin ruhda kechgan bahslar yakuniga koʻra, gʻolib va sovrindorlar maxsus diplomlar, medallar hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi kubogi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati








