Namangan viloyatida ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilib kelayotgan ayol xodimalar oʻrtasida «Zakovat» intellektual musobaqasi boʻlib oʻtdi
2024-07-28 15:10:00 / Yangiliklar
![Namangan viloyatida ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilib kelayotgan ayol xodimalar oʻrtasida «Zakovat» intellektual musobaqasi boʻlib oʻtdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F830dcf52-9f73-a2ff-00fe-e80dff885293_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Namangan viloyati IIB boshligʻining buyrugʻiga asosan tizimda xizmat qilayotgan ayol xodimalar oʻrtasida «Zakovat» intellektual musobaqasi tashkil etildi.
Unda viloyat Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalardan iborat 6 jamoa ishtirok etib, oʻzlarining intellektual va professional bilim darajasi, maʼnaviy-axloqiy saviyasi, mantiqiy fikrlash koʻnikmalari, bilim va iqtidorlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Qizgʻin bahs-munozaralarga boy tarzda oʻtkazilgan musobaqada uchinchi oʻrinni «Humo» jamoasi, ikkinchi oʻrinni «Everest» jamoasi hamda faxrli birinchi oʻrinni «Zulfiyaxonim» jamoalari egalladilar.
Musobaqa gʻoliblariga boshqarma rahbariyatining diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati