Qoʻriqlash xizmati faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
2026-05-20 18:20:00 / Yangiliklar

Qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, maʼmuriy amaliyot yoʻnalishidagi ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xizmat vaqtida zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanish hamda jamoat tartibini saqlash borasidagi faoliyatni takomillashtirishga bagʻishlangan IIV sohaviy xizmatlari rahbarlari ishtirokida seminar-oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Qoʻriqlash departamenti boshligʻi Q.A.Shodibekov rahbarligida tashkil etilgan mashgʻulotda qoʻriqlash boʻlinmalari xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, maʼmuriy amaliyot yoʻnalishidagi ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xizmat jarayonida zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanish hamda jamoat tartibini saqlash borasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish masalalari koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda qoʻriqlash boʻlinmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishda shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi, huquqiy bilimi, amaliy koʻnikmalari va xizmat intizomi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, joylarda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlashda har bir xodimning vaziyatga toʻgʻri baho berishi hamda qonun talablari asosida harakat qilishi zarurligi qayd etildi.
Mashgʻulot davomida IIV sohaviy xizmatlari rahbarlari ham soʻzga chiqib, xizmat faoliyatini tizimli tashkil etish, maʼmuriy amaliyot hujjatlarini qonunchilik talablariga muvofiq yuritish, amalga oshirilgan ishlar boʻyicha umumlashtiruvchi natijalarni shakllantirish hamda ular asosida mavjud holatni tahlil qilib borish yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Shuningdek, xizmat samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot tizimlaridan keng foydalanish, maʼlumotlarni tezkor almashish, tahlil va nazorat ishlarini raqamli yechimlar orqali tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada mavjud imkoniyatlardan toʻliq va maqsadli foydalanish joylardagi ishlarni aniq reja asosida olib borishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Yigʻilishda maʼmuriy amaliyotni yuritishda qonuniylik, xolislik va masʼuliyatni taʼminlash, fuqarolar bilan muloqot madaniyatini yanada yuksaltirish, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni tizimli davom ettirish zarurligi qayd etildi.
Tadbir yakunida Q.A.Shodibekov masʼul rahbarlarga qoʻriqlash boʻlinmalarida xizmatni samarali tashkil etish, sohaviy yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy tahlil qilib borish, umumlashtiruvchi natijalar asosida aniq chora-tadbirlar belgilash hamda shaxsiy tarkibning kasbiy mahoratini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.


