Samarqand va Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlar natijasida yer resurslarini noqonuniy ravishda sotgan shaxslar qoʻlga olindi
2024-07-05 09:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 21-iyun kuni, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati viloyat prokuraturasi va Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida 1997-yilda tugʻilgan, shaxs 1988-yilda tugʻilgan, fuqarodan Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasiga qarashli 10-yilga ijaraga foydalanish uchun berilgan 1 gektar yer maydonini 37.000 AQSH dollariga sotishini va hujjatlarini uni nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, firibgarlik yoʻli bilan oldindan 10.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Oʻtkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida, u mazkur yerni 2023-yilning aprel oyida 1980-yilda tugʻilgan, Samarqand tumanida yashovchi shaxsdan 20 000 AQSH dollari evaziga sotib olganligi aniqlangan.
Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Qoʻshkoʻpir tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida,
1974-yilda tugʻilgan, Qoʻshkoʻpir tumani, da yashovchi Qadamov Baxodir Karimovich shaxs 1992-yilda tugʻilgan fuqaroga Qoʻshkoʻpir tumani, «Yovgʻir» mahallasida joylashgan 50 sotix yer maydonini turar joy qurish uchun 1.270.000.000 soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV Tezkor qidiruv departamenti