«Intizom oyligi» doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari oʻrganilmoqda
2024-07-01 11:10:00 / Yangiliklar
![«Intizom oyligi» doirasida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari oʻrganilmoqda](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fc39be9c1-4789-8b44-ef58-4e6548986e95_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Surxondaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi Psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida yangi lavozimga tayinlanayotgan xodimlarning psixologik xususiyatlari oʻrganildi.
Bundan koʻzlangan maqsad xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turgʻunligini taʼminlash, oʻzining muammolarini anglash, oʻziga xos yoʻl topish, harakatlariga toʻgʻri baho berishga qaratildi.
Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan oʻtkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilyapti.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati