Navoiyda «Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi» doirasida IIV Akademiyasi bitiruvchilari uchun yoʻriqnoma yigʻilishi tashkil etildi
2024-06-29 09:00:00 / Yangiliklar
1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan «Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi» doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriligi Akademiyasini tamomlab kelib, hozirgi kunda Navoiy viloyati IIB ixtiyorida boʻlgan yosh xodimlar bilan yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Unda xodimlarga xizmat kiyimini belgilangan tartibda kiyib yurishlari, «Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi» talablariga qatʼiy rioya qilishlari lozimligi, fuqarolar bilan xushmuomalada boʻlishlari hamda boshqarmaga kelib ketishlarida avtotransport vositalarini boshqarmasliklari toʻgʻrisida tushuntirishlar olib borildi.
Bundan tashqari, boshqarma rahbariyati tomonidan soʻngi vaqtlarda yosh xodimlar tomonidan sodir qilinayotgan qonun buzilishi holatlari ham yetkazilib, kelgusi xizmat faoliyatlari davomida xizmat intizomi talablariga rioya qilishlari lozimligi, oʻz ustilarida yanada koʻproq ishlashlari lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir soʻngida yosh xodimlarga tizimda mavjud boʻlgan ijtimoiy himoya turlari hamda ulardan foydalanish tartiblari ham aytib oʻtildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati