Samarqand viloyati IIB boshligʻi yoshlar bilan uchrashdi
2024-06-29 08:30:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov ishtirokida toyloqlik yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda asosiy eʼtibor yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, hudud yoshlarini Oliy taʼlim muassasalariga kirish qamrovini oshirish, kasbga yoʻnaltirish, ularni qiynayotgan muammolariga yechim topish kabi vazifalarni amalga oshirishga qaratildi.
Uchrashuv davomida yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sogʻlom muhitni yaratish kabi mavzularda ochiq va samimiy muloqot qildi.
Shuningdek, sektor rahbari yoshlarning taklif va muammolarini eshitdi, ularning savollariga batafsil javob berdi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati