Fargʻona viloyati IIB boshligʻi general-mayor Azizbek Ikromov Qoʻshtepa tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
2024-06-29 08:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarni muammo va murojaatlarini oʻrganish va hal qili maqsadida tuman markazida tashkil etilgan tadbirda hududda yashovchi fuqarolarning har bir murojaati atroflicha koʻrib chiqildi.
Sayyor qabul davomida 22 nafar fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar qabul qilinib, 6 tasi joyida ijobiy hal etildi, 10 tasi yuzasidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi.
Koʻrib chiqish uchun muddat talab etilgan 6 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati