Samarqand viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Rahmat Mamatov Toyloq tumanida sayyor qabul oʻtkazdi
2024-06-29 06:45:00 / Yangiliklar

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Rahmat Mamatov aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish, aniq va tezkor choralar ishlab chiqish maqsadida Toyloq tumanida turli boshqarma va idoralarning mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazdi.
Oʻtkazilgan sayyor qabul jarayonida fuqarolar boshqarma boshligʻiga oʻz masala va muammosini aytib, atroflicha javob olishdi.
Sayyor qabul doirasida 8 nafar yoshlarga ID-kartalari topshirildi.
Aholining manzilli muammolarini aniqlash, ularning ijobiy natijadorligiga erishish maqsadida oʻtkazilgan sayyor qabul doirasida bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, qonuniy hal etilishi qayd etildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati