27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining bir guruh xodimlari taqdirlandi
2024-06-28 13:10:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati IIBda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirda Boshqarma boshligʻining polkovnik Rahmat Mamatov ishtirok etib, matbuot, ommaviy axborot vositalari ishi hamma zamonlarda ham ogʻir va masʼuliyatli boʻlganligi, mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga koʻtarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, soʻz va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda bu masʼuliyat yanada kuchayganligini taʼkidlab axborot xizmati xodimlarining xizmatlarini eʼtirof etdi.
Tadbir soʻngida xodimlarga Boshqarma boshligʻining mukofotlari hamda tashakkurnomalari topshirildi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati