Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy — maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti ishchi guruhi Fargʻonada oʻrganishlar olib bormoqda
2024-06-13 15:30:00 / Yangiliklar

Hududiy ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim jarayonini tashkil etish, xodimlarni jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini oʻrganish va amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha boʻyicha Ichki ishlar vazirligida alohida ishchi guruhi tuzilgan boʻlib, joylarda oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ishchi-guruhi rahbari, podpolkovnik Sh.K.Igamov shu kunlarda Fargʻona viloyati IIB hamda uning tarkibiy tuzilmalarida boʻlib, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash hamda xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni bevosita joyida oʻrganmoqda.
Shu bilan birga ishchi guruhi tomonidan soha xodimlariga xizmat samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy va uslubiy yordam ham koʻrsatilyapti.