Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi
2024-06-13 14:15:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining 1-oʻrinbosari Baxtiyor Inoqov, Shoʻrchi tuman hokimi Ulugʻbek Zokirov, sektor rahbarlari, mahalla faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Oliyhimmat” mahallasida sodir etilgan jinoyat muhokamasi oʻtkazildi.
Tuman IIB boshligʻi D.Qurbonov sodir etilgan noxush jinoyatning kelib chiqish sabablari va uning oqibatlarini jamoatchilikka yetkazdi.
Viloyat IIB boshligʻining 1-oʻrinbosari Baxtiyor Inoqov mahalla faollari bunday salbiy holatlarni sodir boʻlishiga tomoshabin boʻlib emas, balki uni oldini olishga harakat qilishi, mahalladagi fuqarolar bilan suhbatlashish zarurligini, qolaversa, yoshlar jamiyatda yurish-turish qoidalariga rioya etib, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, foydali mashgʻulot bilan oʻtkazishini nazorat qilish zarurligi mahalla faollariga tushuntirildi.
Muhokama yigʻilishida tuman hududida, bu kabi jinoyatlarni sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati