Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi
2024-06-12 15:00:00 / Yangiliklar
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv hamda dastlabki tergovni olib borishda voqea joyini koʻzdan kechirish, jinoyatlarni issiq izidan fosh etish, dalillar va isbot qilinishi lozim boʻlgan holatlarni aniqlash, kechiktirib boʻlmas tergov harakatlarni oʻtkazish boʻyicha nazariy va amaliy oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Unda Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markaziga xizmatda foydalanish uchun berilgan “Ford Transit 460” harakatlanuvchi kriminalistik laboratoriyasi Andijon viloyati Prokuraturasi xodimlariga yaqindan tanishtirildi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan oʻquv mashgʻuloti prokuratura xodimlarida katta taassurot qoldirdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati