Jazoni ijro etish muassasalarida videoselektor tartibida yigʻilish oʻtkazildi
2024-05-31 16:50:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Gapur Kurambayev raisligida videoselektor tartibida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 10 maydagi “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Farmoyishi ijrosi ijrosi taʼminlash yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi. Xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar, belgilangan vazifalar qayd etib oʻtildi.
Shuningdek, tadbirda Ikkinchi mintaqaviy hudud 3, 10-son tergov hibsxonalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruv natijalari, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar xususida toʻxtalib oʻtildi.
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati