«Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya» (SMICA) loyihasi O‘zbekiston Respublikasida yakunlanishi munosabati bilan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi
2024-05-30 17:00:00 / Yangiliklar
2024 yilning 28 may kuni Toshkent shahrida joylashgan “Panarams” mehmonxonasida O‘zbekistondagi «Winrock International» xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti filiali tashabbusi bilan Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya hamkorligida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning «Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya» (SMICA) loyihasi O‘zbekiston Respublikasida yakunlanishi munosabati bilan xalqaro davra suhbati (offlayn va onlayn shaklda) bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalarni milliy hamkorlar, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida muhokama qilish va fikr almashish asosiy maqsad sifatida belgilangan edi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi R.Alimov, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya masʼul xodimi G.Niyazmetova, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi missiyasi boshlig‘i Devid Xoffman, «Winrock International» tashkilotining dasturlar bo‘yicha maslahatchisi DiPretoro Olga, IIV — Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya masʼul kotibi F.Talipov va masʼul xodimlari, masʼul idora tashkilotlar, jamoat fondlari vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirni AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi missiyasi boshlig‘i Devid Xoffman kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga, ushbu loyiha muvaffaqiyatiga hissa qo‘shgan fidoyi shaxslarga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshan Alimov va IIV — Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya masʼul kotibi Furkat Talipov so‘zga chiqishdi.
Shuningdek, tadbirda «Winrock International» tashkilotining dasturlar bo‘yicha maslahatchisi DiPretoro Olga, IIV — Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiya masʼul xodimi E.Turayev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili D.Xojimatov, «Barqaror hayot» xalqaro ijtimoiy-maʼrifat markazi direktori O.Ilmuradova, “SMICA” loyihasi monitoring va baholash bo‘yicha mintaqaviy menejeri M.Bolotbayeva, “Meyerim” jamoat fondi direktori A.Muxa, “SMICA” loyihasi davlatlararo koordinatori Sh.Muxammadkuliyeva, «Winrock International» tashkilotining O‘zbekistondagi filiali rahbari N.Saidkarimova, Jizzax viloyati «Istiqlol avlodi» ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi koordinatori T.Umarov, Kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi vakili M.Xoldorov, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi direktori S.Suleymanova, O‘zbekiston mehmonxona xo‘jaliklari uyushmasi raisi F.Abdullayeva, “Vatandoshlar” jamoat fondi vakili X.Isakov, «Oydin nuri» nodavlat notijorat tashkiloti direktori Sh.Ixtiyarova, “Mehrjon” ayollar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va moslashtirish markazi direktori X.Ibragimova, «Tadbirkor ayol» xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi vakili B.Shermatovlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.