Fargʻona viloyati IIB boshligʻi general-mayor Azizbek Ikramov «Soʻngi qoʻngʻiroq» tadbirlarida ishtirok etdi
2024-05-26 10:00:00 / Yangiliklar

Yana bir guruh oʻgʻil qizlarimiz maktab taʼlimini tamomlab, hayotning yangi bosqichi sari ilk qadamlarni tashlamoqda.
Hududlarda «Soʻngi qoʻngʻiroq» tadbirlari koʻtarinki kayfiyatda nishonlanyapti.
Fargʻona viloyat IIB boshligʻi, general mayor Azizbek Ikramov Qoʻqon shahridagi 23-maktabda boʻlib, bitiruvchi yoshlarni samimiy qutladi.
Prezidentimizning bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.
Darhaqiqat yoshlar ushbu buyuk xalqning dilbandlari. Yangi Oʻzbekistonning umidi va tayanchi hisoblanadi.
Yoshlar hech qachon orzu qilishdan toʻxtamasdan xalqimizning orzu-umidi va ishonchini oqlash yoʻlida tinimsiz izlanishga chorlandi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati