Korrupsiyaviy holatlarni oldini olish chora-tadbirlari doirasida Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi xodimlari jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurishdi
2024-05-10 08:00:00 / Yangiliklar
Korrupsiyaviy holatlarni oldini olish chora-tadbirlari doirasida Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazining 40 nafar xodimlari Toshkent viloyatida joylashgan 13-sonli qattiq tartibli jazoni ijro etish muassasasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida muassasa xodimlarining xizmat sharoitlari va jazoni ijro etish sohasida amalga oshirilgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tashrif buyurgan xodimlar muassasada saqlanayotgan mahkumlarning yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash, ularni hayotga qayta tayyorlash, ijtimoiy tarbiyalash, kasb-hunarga oʻqitish hamda psixologik reabilitatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlari bilan ham tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Tashrif yakunida xodimlar, qilmish uchun javobgarlik muqarrarligi, shaxsning ozodligi bu bebaho boylik ekanligi va uning qadrini qalban his qilib yashash kerakligi boʻyicha tegishli xulosalar qilishdi.
Bir soʻz bilan aytganda, Ichki ishlar organlari xodimlarini jazoni ijro etish muassasasiga boʻlgan tashrifi xodimlar tomonidan jinoyatga qoʻl urmaslik va qonuniylikni taʼminlashga undovchi muhim tadbir boʻldi.
IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi