Vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti «Xotira maydoni»da «9-may — Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan gul qoʻyish tadbiri boʻlib oʻtdi
2024-05-08 16:15:00 / Yangiliklar
Xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, muruvvat va himmat barcha bayramlarimiz singari «9-may — Xotira va qadrlash kuni» misolida ham yorqin namoyon boʻladi. Ayniqsa, oʻtganlarni xotirlash, aziz otaxon-u onaxonlar, faxriy ustozlar, Vatan ravnaqi yoʻlida oʻz jonini fido qilgan, xizmat vaqtida qahramonlarcha halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarining xotirasini yod yetish maqsadida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov boshchiligida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentida «Hamisha qalbimizda barhayot yashaysiz» xotira maydonida tantanali ravishda gul chambar qoʻyish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan Departamentning markaziy apparati xodimlari hamda viloyatlardagi boshqarma xodimlarini «9-may — Xotira va qadrlash kuni» bilan muborak etib, Vatan tinchiligi va uning osoyishtaligi yoʻlida qilayotgan samarali ishlariga omadlar tiladi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari tomonidan, transport obyektlarida huquqbuzarlik va jinoyatlarning, shuningdek, baxtsiz hodisalarning barvaqt oldini olish, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash borasida Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlashda jadallik bilan ishlarni tashkil etish borasida taʼkidlab oʻtdi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi