Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan sportning «Koʻpkurash» va «Universal jang» turlari boʻyicha faxrli oʻrinlarni egallagan bir guruh xodimlar munosib taqdirlandi
2024-05-06 13:35:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi «Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6099-son farmoyishi hamda Ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlangan, Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish taqvim rejasiga asosan, sportning «Koʻpkurash» va «Universal jang» turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda faxri oʻrinlarni qoʻlga kiritgan Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamentining bir guruh xodimlariga Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan «Qimmatbaho sovgʻalar» va «Faxriy yorliq»lar, pul mukofotlari va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Shuningdek mazkur tadbirda, Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan vatan ravnaqi yoʻlida uning tinch osoyishtaligini saqlab, oʻz kasbiga sadoqat bilan xizmat qiluvchi bir Departament markaziy apparati va uning quyi tizimida xizmat qiluvchi bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar berildi.
Tadbir soʻngida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor Baxodir Mirzaraximov tomonidan xodimlar tomonidan xizmat va ijro intizomiga qatʼiy amal qilishi, xizmatga fidoiylik va sadoqat bilan yondashishi, shaxsiy tarkib oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish va odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishi boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti Axborot guruhi