Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 3-sektori rahbari polkovnik Sanjar Djabarov huzurida Sardoba tumanida sodir etilgan jinoyat muhokamasi boʻlib oʻtdi
2024-05-06 10:30:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 3-sektori rahbari polkovnik Sanjar Djabarov huzurida Sardoba tumanida sodir etilgan jinoyat muhokamasi boʻlib oʻtdi. Tumanning Xalqobod mahallasida tashkil etilgan muhokamada shuningdek tuman sektor rahbarlari , korxona va tashkilot mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda qayd etilishicha tuman hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan klaster yer maydonlarini sugʻorishda masʼuliyati cheklangan jamiyat aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari toʻgʻrisidagi 117-qarori talablariga zid ravishda harakatlar sodir etib tuman elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga jami 1.959.500.000 soʻm miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.Muhokamada qonunbuzilish holati qayd etgan klaster mutasaddilari bundan keyin bu kabi qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻymasligi yuzasidan qatʼiy ogohlantirildi.
Hozirda tergov harakatlari davom etayotgan mazkur jinoyat muhokamasida ishtirok etgan viloyat 3-sektor rahbari ushbu holatning sababi va uni yuzaga keltirgan omillarni atroflicha oʻrgandi. Shu bilan birga bu kabi holatlarni oldini olishda joylarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan birgalikda mahalla faollari ham birdek masʼul ekanligiga toʻxtalib oʻtdi. Bunday huquqbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik hamda jinoyatlarni oldini olish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Albatta , har bir sodir etilgan jinoyatlarni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etilishi fuqarolarni ogohlikka chaqirib,kelgusida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklardan asraydi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati