Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Abduvoxid Ismoilov boshqarmada Tibbiyot boʻlimining shahodatlangan va erkin yollanma shifokorlari hamda ishchi-xizmatchilari bilan yigʻilish oʻtkazdi
2024-05-04 10:00:00 / Yangiliklar
Yigʻilishda zamonaviy tibbiy asbob va uskunalardan samarali foydalangan holda shaxsiy tarkib, faxriylar hamda ularning oila aʼzolarini salomatligini mustahkamlash, mavsumiy kasalliklarni oldini olish, dispanser hisobida turgan xodimlarni sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish borasida profilaktik tibbiy koʻriklarni tez-tez oʻtkazish Vazirlik va boshqarma rahbariyati talabi ekanligi taʼkidlandi.
Shu bilan birga shahodatlangan va erkin yollangan tibbiyot xodimlari xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya qilishi, faxriylarga namunali tibbiy xizmat koʻrsatish, biriktirilgan kontingent va nomzodlar bilan ishlashda qonun talabidan chetga chiqmaslik xususida ishtirokchilar ogohlantirildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati