Xivada boʻlib oʻtgan «Lazgi» II xalqaro raqs festivali davomida xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlarning xavfsizligi taʼminlandi
2024-05-01 12:15:00 / Yangiliklar
Festivalga Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Braziliya, Ispaniya va Yaponiya kabi 21 ta davlatdan 170 dan ziyod chet ellik ishtirokchi va faxriy mehmonlar tashrif buyurdi.
Turizm namoyish obyektlarida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, turistlarining huquq va erkinliklari va qonuniy manfaatlari, ularning hayoti, sogʻligi hamda mol mulkini himoya qilinishi yuzasidan Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tashrif obyektlarida jamoat tartibini saqlash, xavfsizligini taʼminlash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan, yordamga muhtoj mehmonlarga tezkor va sifatli amaliy yordam koʻrsatildi.