Samarqand viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari bilan joriy yil 3 oyi yakunlariga bagʻishlangan muhokamaviy yigʻilish oʻtkazdi
2024-04-24 12:10:00 / Yangiliklar
Unda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari, shahar-tuman IIB boshliqlarining oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda sohaning har bir xodimi xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishi, korrupsiyaning oldini olish, tamagirlikka yoʻl qoʻymaslik, belgilangan tartib va meʼyorlarni buzmaslik toʻgʻrisida ham fikrlar bildirildi.
Sohadagi dolzarb masalalar, yoʻl qoʻyilayotgan xato-kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul xodim har jabhada barchaga oʻrnak koʻrsatishi lozimligini taʼkidladi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati