Andijon viloyatida ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun sayyor oʻquv yigʻini tashkil etildi
2024-04-23 10:30:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxammedov tomonidan tasdiqlangan «Sayyor-Akademiya» oʻquv dasturi doirasidagi oʻquv rejasi boʻyicha Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Mazkur oʻquv mashgʻulotida IIV Ekspert – kriminalistika bosh markazi akademiyaning kriminalistik ekspertizalar kafedrasi boshligʻi oʻrinbosari hamda kriminalistik ekspertizalar kafedrasi katta oʻqituvchisi tomonidan hududiy ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalari xodimlarining kriminalistik ekspertizalarni oʻtkazishdagi protsessual, metodik va texnik talablar boʻyicha amaliy va nazariy darslar tashkil etildi.
Mashgʻulotlar davomida dars ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan va faoliyat davomida uchrayotgan mavzuga doir masaladagi savollariga tajribali ustozlardan batafsil javoblar olishdi.
Shuningdek, ushbu darslar xodim hamda litsey oʻquvchilariga ekspert kriminalistika sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda oʻzgarishlar boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻlish imkonini berdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati