Ilmiy va innovatsion hamkorlikni kengaytirish yo‘lida navbatdagi uchrashuv
2026-04-23 10:10:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlari o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar transferini jadallashtirish, innovatsion va raqamli yechimlarni keng joriy etish hamda mavjud ishlanmalarni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🎤 Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik mutaxassislari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining direktori akademik Ilxom Sodiqov va mutasaddi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yuqori texnologiyali va ilmiy salohiyatga ega istiqbolli loyihalar atroflicha muhokama qilinib, ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ilg‘or mahalliy va xorijiy “R&D” markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ilm-fan va sanoat integratsiyasini mustahkamlash hamda innovatsion ekotizimni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur hamkorlik istiqbolda qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar yaratish, sanoat tarmoqlariga zamonaviy yechimlarni joriy etish hamda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.


