✔️ Agentlik xodimlari o‘rtasida sport tadbiri o‘tkazildi
2026-04-22 06:30:00 / Yangiliklar

2026-yil 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish, aholini ommaviy sportga keng jalb etish, seleksiya va tayyorgarlik tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi.
Yig‘ilishda sport nafaqat musobaqa, balki sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, intizomni mustahkamlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish hamda mamlakat nufuzini yuksaltirishda muhim omil ekani ta’kidlandi. Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida sportni ommalashtirish bo‘yicha yangi tartib joriy etilib, rahbar kadrlar o‘z jamoasiga shaxsiy namuna ko‘rsatishi zarurligi qayd etildi.
➡️ Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan 22-aprel kuni sport tadbiri tashkil etildi. Xususan, jamoa o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy ruhni mustahkamlash hamda xodimlarning jismoniy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlar xodimlarning ish samaradorligini oshirish, korporativ madaniyatni rivojlantirish va sog‘lom ish muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.


