📌 Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-22 10:30:00 / Yangiliklar

📌 Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlarni yo‘lga qo‘yish doirasida Navoiy viloyatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ mutaxassislari, shuningdek, viloyatdan 24 ta mas’ul tashkilot vakillari hamda 68 ta ishlab chiqarish korxonasidan jami 92 nafar vakil qatnashdi.
✍️ Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan 24 ta murojaat va taklif bildirildi. Ularning 8 tasi joyida hal etildi, 12 tasi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
➡️ Navbatdagi ochiq muloqot ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



