📌 “Suvmash” AJ faoliyati bilan tanishildi
2026-04-21 17:25:00 / Yangiliklar

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori Baxtiyor Xaydarov Toshkent shahridagi “Suvmash” AJ korxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Xususan, korxonada ishlab chiqarilayotgan nasos agregatlari, nasos stansiyalari va boshqa gidrotexnik uskunalarning texnik ko‘rsatkichlari hamda ularning amaliy qo‘llanilish yo‘nalishlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, korxonaning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi ishlari yuzasidan fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, “Suvmash” AJ qishloq xo‘jaligi, sanoat va kommunal xo‘jalik sohalari uchun yuqori samarali uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblanadi.
Tashrif yakunida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish hamda davlat xaridlarida milliy mahsulotlar ulushini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



