📌 Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-21 11:25:00 / Yangiliklar

Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlarni yo‘lga qo‘yish doirasida Buxoro viloyatida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Unda agentlikning hududiy loyiha ofisi vakillari, “O‘zbekekspertiza” AJ rahbariyati hamda “Raqamli transformatsiya markazi” MCHJ mutaxassisi, shuningdek, 70 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalaridan jami 85 nafar tadbirkor ishtirok etdi.
✅ Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan 18 ta murojaat va takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi. Ularning 3 tasi joyida hal etildi, 7 tasi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi, qolgan masalalar esa tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun mas’ullarga yo‘naltirildi.
➡️ Navbatdagi ochiq muloqot ertaga Navoiy viloyatida o‘tkaziladi.


