О‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bо‘yicha qо‘mitasi (Qо‘mita) hamda Vetnam Sotsialistik Respublikasining Milliy Assambleya raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiyasi
2025-04-06 10:10:00 / Yangiliklar

Uchrashuvni Qо‘mita raisi – K.Sariyev ochib, ikki mamlakat о‘rtasida har tomonlama aloqalar, shuningdek bugungi kunda О‘zbekistonning millatlararo munosabatlar va xorijdagi hamkor tashkilotlar bilan aloqalarini mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlari, xususan, О‘zbekiston va Vetnam о‘rtasidagi madaniy – gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga alohida tо‘xtalib о‘tdi.
Shundan sо‘ng, Chan Txan Man qabul uchun о‘z minnatdorchiligini bildirib, ikki mamlakat о‘rtasida keng qamrovli dо‘stona aloqalar rivojlanib borayotgani, shuningdek О‘zbekiston dunyoning turli davlatlari bilan о‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib borayotganligini ta’kidladi.



