Yangi yil – yangi hamkorliklar: birodar shaharlar xalq diplomatiyasining yorqin namunasi
2026-01-24 09:50:00 / Yangiliklar

Bugun Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, “O‘zbekiston–Latviya” do‘stlik jamiyati, Birodar shaharlar alyansi, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida “Yangi yil – yangi hamkorliklar: birodar shaharlar xalq diplomatiyasining yorqin namunasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida birodar shaharlar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, xalq diplomatiyasini mahalla darajasida mustahkamlash, mahalla institutini xalqaro gumanitar va madaniy aloqalarga tizimli ravishda jalb etish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


