“Assalom O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida Qo‘mitaning 2025-yildagi faoliyati yoritildi
2025-12-25 13:00:00 / Video

Mazkur ko‘rsatuvda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining mas’ul xodimlari ishtirok etib, joriy 2025-yilda amalga oshirilgan muhim tashabbuslar, erishilgan natijalar hamda ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Xususan, milliy madaniy markazlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, turli millat va elat vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar, shuningdek, xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan ijtimoiy, madaniy-gumanitar va ma’rifiy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, ularning Vatan bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan amaliy tashabbuslar xususida ham so‘z yuritildi.
Ko‘rsatuv davomida Qo‘mita tomonidan davlat siyosatining ushbu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalarini izchil amalga oshirish, jamiyatda millatlararo totuvlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ochiq muloqotni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
