“Ortga qaytmas islohotlar” — navbatdagi son
2025-12-22 11:30:00 / Video

Ushbu son O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlanadi.
Ko‘rsatuvda yil davomida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, xorijdagi vatandoshlar bilan tizimli hamkorlikni rivojlantirish, ularning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha sarhisob qilinadi.
Shuningdek, Qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, erishilgan natijalar, ilg‘or tashabbuslar hamda kelgusi davr uchun belgilangan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritiladi.
“Ortga qaytmas islohotlar” — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining amaliy ifodasi.
