“Ko‘ngil obodligi” | Gulandon Subxonova bilan samimiy suhbat
2025-12-16 12:45:00 / Video

“Ko‘ngil obodligi” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida O‘zbekiston tojik milliy madaniy markazi raisi Gulandon Subxonova mehmon bo‘ldi.
Suhbat davomida milliy o‘zlik, ma’naviy qadriyatlar, millatlararo totuvlik va jamiyatda madaniy markazlarning o‘rni haqida fikr almashildi. Qahramonimiz o‘z hayot yo‘li, faoliyati va jamoatchilik bilan ishlash tajribasi haqida ochiq va samimiy mulohazalarini bildirdi.
Ushbu dastur — qalb obodligi, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat haqida. Tomoshabinni o‘yga toldiradigan, ruhlantiradigan suhbat.
