"O‘zbekiston" jurnali (#3, 2025)
2025-12-02 12:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF–52-son Farmoni va PQ–115-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi qayta tashkil etildi. Shu asosda muassisligi bilan faoliyat yuritayotgan “O‘zbekiston” jurnali o‘zbek, rus va ingliz tillarida har chorakda bir marta chop etiladi.
Ushbu nashr ijtimoiy-siyosiy hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda yoritish olib boradi. Jurnal sahifalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yurtimiz va xalqaro maydondagi tinchliksevar hamda bag‘rikenglik siyosati, ko‘pmillatli vatanimizdagi umummilliy totuvlik, millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi qardoshlik va hamjihatlik kabi masalalarga oid materiallar e’lon qilinadi. Shuningdek, xorijdagi vatandoshlar jamoalari va o‘zbek diasporalarining milliy o‘zligini saqlash, ularning ijtimoiy va iqtisodiy salohiyatini Vatanimiz rivojiga safarbar etishga qaratilgan yorituvlar ham jurnal sahifalarida keng o‘rin oladi.
Sizning e’tiboringizga “O‘zbekiston” jurnalining 2025-yil 3-soni taqdim etiladi.
<<Yuklab olish uchun havola>>
