Guliston shahar FVBda matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-07-09 14:45:00 / Yangiliklar

Guliston shahar FVBda matbuot anjumani o‘tkazildi. Mazkur anjumanda shahar FVB boshlig‘i Yunus Egamberdiyev tomonidan «Byudjet va mablag‘lar: ajratilgan pul qayerga va qanday sarflandi?» mavzusida shuningdek, «Ish o‘rinlari va daromad: aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?» mavzulariyuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, yoz mavsumida suv havzalarida baxtsiz hodisalarning oldini olish, cho‘milish taqiqlangan hududlarda nazoratni kuchaytirish, bolalarning xavfsiz dam olishini taʼminlash, yuqori harorat sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar profilaktikasi hamda aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Matbuot anjumani ochiq muloqot ruhida o‘tib, jurnalistlar va blogerlarga dolzarb maʼlumotlar taqdim etildi.




