«Ish o'rinlari va daromad: aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?»
2026-07-09 11:50:00 / Yangiliklar

Guliston shahri qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi boshlig'i Nodir Abdurazzoqov tomonidan «Ish o'rinlari va daromad: aholi farovonligi uchun nimalar qilindi?» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Guliston shahri hududida 443 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, 410 ta uylarga 10 ta boshqaruv servis kompaniyalari va 1 ta XUJMSh xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2026-yil yanvar-iyun oylariga qadar majburiy badal to‘lovlari hisobidan jami: 2 565 mln so‘m mablag‘lar kelib tushgan. Yig‘ilgan majburiy badal to‘lovlari xisobidan xududlardan kelib tushayotgan murojaatlar ijobiy xal etilib, reja asosida ko‘p qavatli uylarning ta’mirlash va saqlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda debitor qarzdorlik 4 508 mln so‘mni tashkil etadi.
Bundan tashqari, Guliston shahridagi 33 ta boshqaruv usuli tanlanmagan yangi ko’p qavatli uylarning boshqaruv servis kompaniyalariga biriktirish yoki boshqaruv usulini tanlash borasida ishlar tashil etilgan bo’lib, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Hisobot davrida aholiga sifatli kommunal xizmatlar ko'rsatishni yaxshilash maqsadida quyidagi ishlar bajarildi:
- Ko'p qavatli uy-joy fondining texnik holati o'rganildi.
- Uy-joylarni joriy va mukammal ta'mirlash ishlari tashkil etildi.
- Ichimlik suvi, oqova suv, issiqlik ta'minoti hamda elektr ta'minoti tashkilotlari bilan hamkorlikda mavjud muammolar bartaraf etib borilmoqda.
- Hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo'yicha belgilangan tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosi bo’yicha mazkur qarorning 2-ilovasida 2026-2027-yillarda koʻp kvartirali uylarning tutash hududlarida qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarining parametrlari tasdiqlangan. Shu jumladan har bir hududlarda 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarining reja koʻrsatkichlari tasdiqlangan.
2026-yilda jami Respublika budjetidan ajratiladigan 4717,0 mln soʻm mablagʻlar hisobiga Guliston shahrida 9 ta bolalar maydonchalari qurish hamda 7,0 ming kv.m yoʻlaklarni betonlash ishlari amalga oshirishi boʻyicha manzilli roʻyxatlar ishlab chiqilgan va Deputatlar kengashida tasdiqlangan.
Bugungi kunda infratuzilma obyektlari ish turlari bo’yicha loyiha smeta hujjatlari tayyorlanib, tender bosqichi davom etmoqda.
Prezident qarorining 3-ilovasiga asosan Guliston shahri boʻyicha 296 ta 1991-yilgacha qurilgan koʻp kvartirali uylarning elektron pasportlarini ishlab chiqish reja koʻrsatkichlari tasdiqlangan boʻlib, shundan 2026-yilda Guliston shahridagi 42 ta uylarning elektron pasportlari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlar uchun jami 160,7 mln mablagʻlar talab etiladi. Maʼlumot uchun oʻtgan 2025-yilda loyiha institutlari tomonidan shahardagi 141 ta 1991-yilgacha qurilgan koʻp kvartirali uylarning elektron pasportlari ishlab chiqilgan edi.
Koʻp kvartirali uylarning elektron pasportini ishlab chiqish orqali quyidagi muhim natijalarga erishiladi.
Xususan, koʻp kvartirali uylar boʻyicha maʼlumotlarning yagona bazasi yaratiladi, taʼmir va renovatsiyani rejalashtirish osonlashadi, shaffoflik va nazorat kuchayadi, davlat organlari uchun tahlil imkoniyati paydo boʻladi.
Qarorning 5-ilovasida 2025-yilda boshqaruvchi tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan koʻp kvartirali uylarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan joriy taʼmirlash ishlari bo’yicha 2026-yilda Guliston shahrida 52 ta koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash boʻyicha manzilli dastur tasdiqlangan. Dasturga muvofiq ish turlariga koʻra (bajariladigan ish 3 ta tom, 115 ta kirish yo’lak, 17 ta temir eshik, 29 ta kodli qulf, 17 ta yerto’la, 119 ta energiya tejamkor lampalar o’rnatish va ta’mirlash ) jami 690,6 mln. so’m miqdorida mablagʻlar sarflanishi ko’zda tutilgan. PQ-48 sonli qarorning 3-bandida 2026-yillda koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash harajatlarini moliyalashtirish uchun mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorak yakuni boʻyicha boshqaruvchilar bilan teng ulushlarda mablagʻlar ajratilishi taʼminlanishi belgilangan. Taqsimotga koʻra jami rejalashtirilgan 690,6 mln soʻm miqdoridagi mablagʻlarning 345,3 mln soʻmi Boshqaruv tashkilotlarining oʻz mablagʻlari hisobidan va 345,3 mln soʻmi mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratilishi lozim. Shunga qaramasdan bugugi kunda 52 ta ko’p qavatli uylarning 23 tasida ish turlari bo’yicha ta’mirlash ishlari yakunlangan.
Prezident qarorining 7-bandi ijrosi yuzasidan 2026-2027-yillarda Guliston shahridagi koʻp kvartirali uylarning tutash hududlarida “yashil bogʻ”larni tashkil etish boʻyicha Ekologiya boʻlimlari bilan hamkorlikda dastlabki manzilli Dastur shakllantirildi. Unga koʻra, Guliston shahri Sayqal mahallasi Buxoro koʻchasi 1-sonli koʻp kvartirali uyning tutash hududida jami 715 m2 maydonga 200 dona koʻchatlar ekilishi belgilandi va buning uchun jami 20,0 mln soʻm miqdorida mablagʻlar talab etilishi hisob-kitob qilingan.
Bugungi kunda Guliston shahridagi 10 ta boshqaruv servis kompaniyalari va 1 ta XUJMSh bilan kompitensiyani rivojlantirish institutida o‘qish uchun shartnoma tuzildi. Reja grafik asosida o‘qish va sertifikatlashtirish ishlari tashkil etilgan.




