«Budjet va mablag‘lar. Ajratilgan pul qaerga va qanday sarflanadi?»
2026-07-09 11:40:00 / Yangiliklar

Guliston shahri qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi boshlig'i Nodir Abdurazzoqov tomonidan «Budjet va mablag‘lar. Ajratilgan pul qaerga va qanday sarflanadi?» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Bugungi matbuot anjumanimizdan ko‘zlangan asosiy maqsad – Guliston shahri mahalliy budjeti mablag‘larining shakllanishi, taqsimlanishi va sarflanishi to‘g‘risida aholini xolis, ochiq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdir.
Har bir budjet mablag‘i – xalq mablag‘i hisoblanadi. Shuning uchun uning qanday manbalardan shakllanishi, qaysi sohalarga yo‘naltirilishi va qanday nazorat qilinishi har bir fuqaroni qiziqtiradigan muhim masaladir.
Shahar mahalliy budjeti quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi:
- mahalliy soliq va yig‘imlar;
- jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ajratmalar;
- mol-mulk va yer solig‘i tushumlari;
- davlat bojlari va yig‘imlari;
- yuqori budjetdan beriladigan transfertlar;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tushumlar.
- maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’mirlash;
- tibbiyot muassasalarini qo‘llab-quvvatlash;
- ijtimoiy himoya chora-tadbirlari;
- yoshlar va xotin-qizlar dasturlari.
- shahar ko‘chalarini ta’mirlash;
- ichki yo‘llarni asfaltlash;
- trotuarlar qurish;
- ko‘cha yoritish tizimini yangilash;
- yashil hududlarni kengaytirish;
- sanitariya va tozalik ishlari.
- ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash;
- oqova suv tizimlarini ta’mirlash;
- elektr va gaz ta’minotini yaxshilash;
- drenaj va irrigatsiya inshootlarini saqlash.
- investitsiya loyihalarini muhandislik tarmoqlari bilan ta’minlash;
- yangi turar joylar qurilishi uchun infratuzilma yaratish;
- ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish;
- jamoat joylarini zamonaviylashtirish.
Har bir obyekt uchun:
- loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi;
- zarur ekspertizalardan o‘tkaziladi;
- davlat xaridlari asosida pudrat tashkiloti aniqlanadi;
- qurilish ishlari texnik va moliyaviy nazorat asosida amalga oshiriladi;
- ob’ekt foydalanishga qabul qilingach, mablag‘lar to‘liq hisob-kitob qilinadi.
Mablag‘lar sarfi ustidan:
- shahar hokimligi;
- moliya organlari;
- davlat moliyaviy nazorati;
- davlat auditi;
- xalq deputatlari shahar Kengashi;
- prokuratura va boshqa vakolatli organlar;
- jamoatchilik nazorati amalga oshiradi.
Guliston shahrida budjet mablag‘larining ochiqligini ta’minlash maqsadida:
- davlat xaridlari elektron tarzda amalga oshiriladi;
- mahalliy budjet ijrosi bo‘yicha hisobotlar e’lon qilinadi;
- aholi ishtirokida amalga oshiriladigan tashabbusli budjet loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi;
- ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilayotgan ishlar haqida muntazam ma’lumot berib boriladi.
Budjet mablag‘larining samarali sarflanishi davlat organlarininggina emas, balki butun jamoatchilikning ham mas’uliyatidir. Agar qurilish sifati, mablag‘lar sarfi yoki davlat dasturlari ijrosi yuzasidan taklif yoki e’tirozlaringiz bo‘lsa, ularni belgilangan tartibda shahar hokimligiga yoki tegishli tashkilotlarga taqdim etishingizni so‘raymiz.
Guliston shahrida mahalliy budjet mablag‘laridan maqsadli, samarali va shaffof foydalanish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Har bir sarflangan mablag‘ shahar infratuzilmasini rivojlantirish, aholiga qulay sharoit yaratish va turmush sifatini oshirishga xizmat qilishi lozim. Bu borada ochiqlik, hisobdorlik va jamoatchilik nazorati doimiy e’tibor markazida bo‘ladi.


