Bolajonlar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim maskani
2026-07-02 22:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 2-iyul kuni Guliston shahrining Ulug‘ yo'l mahallasida joylashgan 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 1987 yilda qurilgan binosi davlatimiz rahbari tomonidan Sirdaryo viloyati infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qabul qilingan 93-qarorlari asosida qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 330 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy qiymati 5,8 milliard so‘mlik mablag‘ hisobidan bino to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablar asosida yangidan ta’mirlandi hamda foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda muassasada bolajonlarni sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish, ularning zamonaviy, xavfsiz va qulay muhitda bilim olishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Yangilangan muassasaning foydalanishga topshirilishi maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning yana bir amaliy natijasi bo‘lib, yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishiga xizmat qiladi.









